1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

Antibiotik va gormonlarni “elektron retsept” asosida olish majburiy bo'ladi

Ayrim bemorlar uchun Call-markaz orqali masofadan elektron retsept olish imkoniyati yaratiladi.

Antibiotik va gormonlarni “elektron retsept” asosida olish majburiy bo'ladi

 

Belgilangan tartibga ko'ra bemorlarga tayinlanadigan dori vositalari haqidagi barcha ma’lumotlar elektron retsept shaklida bevosita shifokor tomonidan kiritiladi hamda elektron tasdiqlash usullari orqali rasmiylashtiriladi.

 

Elektron retsept asosida beriladigan dori vositalari ro‘yxatini shakllantirish maqsadida Sog‘liqni saqlash vaziri buyrug‘i bilan maxsus Ekspertlar kengashi tashkil etiladi.

 

Elektron retsept asosida dori vositalarini tayinlashning birinchi bosqichida quyidagi dori vositalari elektron shaklda rasmiylashtiriladi:

  • antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvchi sintetik antibakterial dori vositalari;
  • tizimli ta’sir etuvchi gormonal dori vositalari.

 

Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirligi huzurida tashkil etilgan 1003 qisqa raqamli Call-markaz orqali yotoq rejimidagi hamda surunkali kasalliklarga chalingan bemorlar uchun qo‘shimcha qulayliklar yaratiladi. Xususan, mazkur bemorlar:

  • o‘zlari biriktirilgan oilaviy shifokorga masofadan murojaat qilish;
  • davolash kursini davom ettirish maqsadida oilaviy shifokor yoki tor soha mutaxassisiga murojaat qilib, elektron retsept olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика