AQSH Kongressiga oraliq saylovlardan keyin Donald Trampning tarafdorlari uning nomzodini prezidentlikka ilgari surishi mumkin. Bu haqda o‘z manbalariga tayanib Associated Press xabar berdi.
Agentlik bilan suhbatlashgan shaxslar Trampning siyosiy maydonga qaytishni qattiq istayotganini aytgan. Sobiq Prezidentning tarafdorlari va yordamchilari 8 noyabrdagi oraliq saylovlardan keyin Tramp prezidentlik saylovida ishtirok etishini eʼlon qilishini taxmin qilmoqda.
Shu bilan birga agar oraliq saylov natijalari bo‘yicha murakkabliklar yuzaga kelsa, bu amalga oshmasligi ham mumkin.
Agentlikning qo‘shimcha qilishicha, Trampning shtabi dastlab Floridada joylashtiriladi va kichik guruhda ish olib boradi.
Sobiq prezident bundan oldin ham bir necha bor saylovda ishtirok etish istagini bildirgandi.


