1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Sport

“APLda “Manchester Siti” chempion bo‘ladi”

Nevill Premyer-liganing yakuniy jadvali haqida taxmin qildi.

“APLda “Manchester Siti” chempion bo‘ladi”

 

“Manchester Yunayted”ning sobiq himoyachisi Gari Nevill jamoalarning Angliya Premyer-ligasidagi yakuniy o‘rni haqidagi taxminlari bilan o‘rtoqlashdi.

 

“Manchester Siti” APLda g‘olib chiqadi. “Manchester Yunayted” ikkinchi o‘rinni egallaydi”, — deb Nevillning so‘zlaridan “Sky Sports” nashri iqtibos keltirdi.

 

Angliya premyer-ligasining 18-turidan keyin turnir jadvalining birinchi pog‘onasini 47 ochko jamg‘argan “Arsenal” egallab turibdi. Ikkinchi o‘rindagi “Manchester Siti”da 39 ochko bor. “Nyukasl” kuchli uchlikka 38 ochko bilan yakun yasab bergan.  “Manchester Yunayted” hisobida 38 ochko mavjud. Klub jadvalda to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Turnirning amaldagi g‘olibi “Manchester Siti” hisoblanadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика