1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Apple 1,8 milliard yevro jarimaga tortildi

Kompaniyaga nisbatan tekshiruv harakatlari 2019-yilda boshlangan.

Apple 1,8 milliard yevro jarimaga tortildi

 

Yevropa Ittifoqining monopoliyaga qarshi qo‘mitasi qaroriga ko‘ra, Apple taxminan 10 yil davomida dasturchilarga iOS foydalanuvchilarini App Store do‘konidan tashqari muqobil va arzonroq musiqa obuna xizmatlari haqida xabardor qilishni taqiqlab kelgan.

 

Yevropa Komissiyasi 4-mart kuni e’lon qilgan EK press-reliziga ko‘ra, iOS operasion tizimi foydalanuvchilari uchun musiqa striming xizmatlari bozoridagi ustun mavqeini suiiste’mol qilgani uchun Appleni 1,8 milliard yevrodan ortiq jarimaga tortdi.

 

Ma'lumotlarga ko'ra, Applega nisbatan tekshiruv harakatlari 2019-yilda Spotify striming xizmati tomonidan Amerika kompaniyasi ustidan shikoyat qilinganidan keyin boshlangan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика