Bugun, 7-sentabr kuni Apple kompaniyasining iPhone 14 va iPhone 14 Plus smartfonlari namoyish qilindi. iPhone 14 Plus 6,7 dyuymli displeyga ega. iPhone 14 esa iPhone 13 bilan bir xil displeyga ega. Ikkala smartfonga ham iPhone 13 Pro kabi A15 protsessori o‘rnatilgan. AQSHda ishlab chiqarilgan iPhone 14 smartfonlarida SIM-karta bo‘lmaydi, gadjetlarda eSIM tizimida ishlaydi. iPhone 14 smartfonida sun’iy yo‘ldoshga ulanish imkoniyati mavjud. Bu bilan favqulodda vaziyatlarda SMS xabarlarni sun’iy yo‘ldosh orqali jo‘natib, dunyoning istalgan joyidan yordam chaqirish mumkin. Yangi mobil qurilmalar sotuvi 16 sentyabrdan boshlanadi.