Apple 2022 yilning to‘rtinchi choragida qo‘shimcha dasturlarga ega aqlli ko‘zoynak chiqarishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Inc.Russia” sayti maʼlum qildi.
Mutaxassis Ming-Chi Kuoning so‘zlariga ko‘ra, qurilma ikkita protsessorga ega bo‘ladi. Asosiy protsessor quvvati bo‘yicha Mas kompyuterlarida qo‘llaniladigan M1 chipi bilan teng ishlaydi. Yordamchi protsessor aqlli ko‘zoynaklardagi sensorlardan olingan maʼlumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan.
Applening AR-garniturasi alohida protsessorni talab qiladi, chunki sensorning ishlov berish quvvati iPhonenikidan ancha yuqori. Foydalanuvchilarga uzluksiz video bilan bir vaqtda AR xizmatlarini taqdim etish uchun unga 6-8 optik modul kerak.
Shuningdek, qurilma ekrani ikkita Sony 4K mikro OLED displeylari bilan jihozlangan, mutaxassislarning aytishicha, bu VR-ni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatidan dalolat beradi.
Avvalroq, Apple, Microsoft va Alphabet kompaniyalari ko‘rgan foyda anchaga o‘sgani hamda Apple yangi funksiyasi bilan o‘z foydalanuvchilarini tashvishga solgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva


