1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Hi-Tech

Apple Stiv Jobsning qaroriga qarshi harakat qilmoqda

Kompaniya yangi loyiha ustida ishlayapti.

Apple Stiv Jobsning qaroriga qarshi harakat qilmoqda

 

"Apple" o'zining birinchi sensor ekranli noutbukini ishlab chiqmoqda.

 

Ma'lumotlarga koʻra, kompaniya muhandislari ushbu loyiha ustida faol ishlamoqda. Biroq innovatsiyani amalga oshirish bo'yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan. Kompaniya uzoq vaqt davomida noutbuklarni sensorli ekranlar bilan jihozlash g'oyasini rad etib kelgan.

 

"Apple" asoschisi Stiv Jobs bunday qarorni “ergonomik nuqtai nazardan dahshatli” deb hisoblagan. Bundan tashqari, kompaniya noutbuklarga sensorli ekranlarning o'rnatilishi iPad planshetlari savdosiga salbiy ta'sir ko'rsatishidan qo'rqqan.

 

Oʻzgarishlarga soʻnggi yillarda MacBook noutbuklari kompaniyaga iPad’dan koʻra koʻproq pul olib kela boshlagani taʼsir koʻrsatgan. "Apple" birinchi sensorli noutbukini 2025-yilda o'zining flagmani MacBook Pro yangilanishi bilan taqdim etishi kutilmoqda.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика