G‘ayrioddiy xulq, odatlar va dangasalik aslida yuqori intellektdan dalolat berishi mumkin. Maqolani diqqat bilan o‘qisangiz, balki o‘zingizning aqliy salohiyatingiz o‘ylaganingizdan yuqori ekaniga amin bo‘larsiz.
Tunda ishlashni yoqtirish
Ayrim tadqiqotlar natijasi IQ baland insonlar tungi hayot tarzini afzal ko‘rishini isbotlagan. Shuning uchun bunday odamlar muhim masalalar, shu jumadan, ish bo‘yicha muammolarni ham kech bo‘lganda hal qilishi mumkin.
Oddiy narsalarda xato qilib qo‘yishi mumkin
Ayrim hollarda intellekti yuqori bo‘lgan odamlar miyasi ularni chalg‘itishi mumkin. Bunday hollarda inson o‘ta oddiy narsalarda adashishi mumkin. Ammo o‘z aqliga o‘ta ishonish ularni xato qilganini tan olishga qo‘ymaydi.
Doim kech qolish
Doim aytilgan joyga kech qoluvchi insonlar kreativ bo‘ladi, degan qarash mavjud. Chunki belgilangan vaqtda rejasini amalga oshirishga ulgurmagan ijodkor unga o‘ta kreativ yondashgan bo‘lishi va buning oqibatida kech qolgan bo‘lishi ham mumkin.
G‘alati yoki qayg‘uli holatlar/narsalarning ustidan kulish
Intellektual rivojlangan insonlarni o‘tkir satiraga moyilroq bo‘ladi, deb o‘ylash mumkin. Ammo ular juda g‘alati holatlar va hatto boshqa odamning boshiga tushgan noxushlikning ustidan ham kulishi mumkin. Olimlar bunga yumorning stressni yengish uchun yaxshi vosita ekanini sabab qilib ko‘rsatadi. IQ baland bo‘lgan odamlar boshqalarga nisbatan stressga beriluvchan bo‘ladi. Shuning uchun ular yumorga ko‘proq murojaat qiladi. Qora yumorga ko‘proq moyil bo‘lganlar esa agressiya va jahldorlikdan ancha uzoq yuradi.
Vahimachilik
Psixologlar aqlli odamlar pessimistlikka moyil bo‘lishi va hatto o‘zi bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan noxush holatlarni o‘ylab topishini aytmoqda. Gap shundaki, aqlli odamlar o‘tmishdagi voqea-hodisalarni to‘liq tahlil qilishga moyil. Shundan kelib chiqqan holda ular kelajakdagi ehtimoliy vaziyatlarga ham tayyor turadi. Ammo aynan mana shu ularni doimiy tahlikada yashashga ham majbur qiladi.
Atrofdagilarga bosim o‘tkazish
Aqlli insonlar biror bir marraga boshqalardan tezroq va osonroq erishadi. O‘zidan kelib chiqqan holda atrofdagilardan ham shunday natijani kutadi. Shu tufayli ular ko‘zida oddiy ko‘ringan vazifani qanday qilib uddalay olmaslik mumkinligini tushunmaydi va haddan ortiq talabchan bo‘lib qoladi.
Suhbatdoshini xafa qilib qo‘yish
IQ baland bo‘lgan insonlar baʼzan suhbatdoshini xafa qiladigan narsalarni gapirib qolishi mumkin. Ammo aksariyat hollarda ular buni ataylab qilmaydi. Aqlli insonlar boshqalarning hissiyayotlarini tushunmasligi va shuning uchun ularning ko‘ngliga tegib qo‘yishi mumkin. Bu ularning odamlarga qo‘shilib, do‘stlashishidagi katta muammosidir.
Hech kimga yoqmaslik
Odamlarning bir-biriga yoqishi ularning aqliy darajasiga bog‘liqdir. Oddiy qilib aytganda, biz aqliy salohiyati o‘zimizniki bilan teng bo‘lgan insonlar bilan tezroq chiqishib ketamiz. Psixologlar do‘stlashish uchun IQ‘dagi tafovut 15 balldan oshmasligi kerak, deb hisoblaydi.
Yuqoridagi xulosalar bir necha yillik kuzatuv va tajribalarga asoslangan, ammo har bir inson o‘ziga xos xarakterga ega alohida bir dunyo. Shunday ekan, umumiy xulosalar sizga har doim ham to‘g‘ri kelmasligi mumkin.


