1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh 2025-yil boshidan buyon 2,5 milliondan ortiq xorijlikni deportatsiya qildi

1,9 million kishi o‘z ixtiyori bilan, 600 ming kishi majburan chiqarib yuborilgan.

AQSh 2025-yil boshidan buyon 2,5 milliondan ortiq xorijlikni deportatsiya qildi

 

2025-yil boshidan buyon Qo‘shma Shtatlar 2,5 million xorijlikni deportatsiya qilgan. Ularning aksariyati — 1,9 million kishi — o‘z-o‘zini deportatsiya qilish dasturi doirasida o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etgan, 600 ming nafari esa majburan chiqarib yuborilgan. Bu haqda “TASS” agentligi AQSh Milliy xavfsizlik vazirligi ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

 

365 kundan kamroq vaqt ichida 600 ming hujjatsiz muhojir majburan chiqarib yuborilgan. Shu bilan birga, o‘z ixtiyori bilan mamlakatni tark etgan 1,9 million kishi bilan birgalikda deportatsiya qilingan xorijliklar soni 2,5 milliondan oshgan.

 

AQSh Ichki xavfsizlik departamenti ma’lumotiga ko‘ra, deportatsiyalar jarayoni “boshlanishi” bo‘lib, mamlakat xavfsizligini ta’minlash va hujjatsiz muhojirlar oqimini nazorat qilish maqsadida davom etmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика