1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Adliya vazirligi Epshtein ishi bo‘yicha 3 million faylni eʼlon qildi

Hujjatlarda Donald Tramp, Bill Geyts va Elon Musk ismlari ham tilga olingan.

AQSH Adliya vazirligi Epshtein ishi bo‘yicha 3 million faylni eʼlon qildi

 

AQSH Adliya vazirligi bolalarni zo‘rlashda ayblanayotgan Jeffri Epshtein ustidan tergovga oid yangi hujjatlar seriyasini eʼlon qildi. Bu haqda CNN xabar berdi.

 

Bosh prokuror o‘rinbosari Todd Blanchning maʼlum qilishicha, 3 milliondan ortiq fayl, jumladan 2000 dan ortiq video va 180 000 rasm nashr etilgan, baʼzilari maxfiy holatda.

 

Hujjatlarda Epshtein qurbonlari haqidagi shaxsiy maʼlumotlar, fotosuratlar va videolar mavjud. Shuningdek, materiallarda AQSH prezidenti Donald Tramp, Misrosoft asoschisi Bill Geyts va Tesla hamda SpaseX bosh direktori Elon Muskning ismlari tilga olingan. Baʼzi hujjatlar Epshteinning hibsga olinishi, o‘z joniga qasd qilishi va okkultizm hamda inson qurbonligi bilan bog‘liq voqealarni o‘z ichiga oladi.

 

Blanch taʼkidlashicha, hujjatlar eʼlon qilinishidan oldin Oq uy Adliya vazirligining ishiga aralashmagan. Nashr qilingan materiallar orasida Epshteinning Geyts bilan munosabatlariga oid daʼvolar mavjud bo‘lsada, milliarderning vakili bu iddaolarni rad etgan. Shuningdek, Elon Muskning Epshteinga yuborgan xati va orolga tashrif bilan bog‘liq taklif rad etilgani maʼlum qilingan.

 

Epshtein 2019 yil iyul oyida hibsga olingan va 2019 yil 10 avgustda qamoqxonada vafot etgan. Unga qarshi jinoiy ishlar va tergovlar davomida ko‘plab amerikalik va xorijiy shaxslar, jumladan sobiq davlat rahbarlari, biznes yetakchilari va mashhurlar nomi tilga olingan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика