1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH baribir “Tolibon”ni tan oladi — Imron Xon

Pokiston bosh vaziri CNN nashriga intervyu berdi.

AQSH baribir “Tolibon”ni tan oladi — Imron Xon

 

Afg‘onistonda “Tolibon”ga muqobil yo‘q. Bu haqda Pokiston bosh vaziri Imron Xon maʼlum qildi.

 

“Afg‘onistonda hozir toliblar hokimiyatiga muqobil variant yo‘q. Butun dunyo ular bilan inklyuziv hokimiyat tuzish va inson huquqlarini taʼminlash masalasida hamkorlik qilishi kerak. Sanksiyalar saqlanib qolingan taqdirda mamlakatda beqarorlik saqlanib qolishi va gumanitar inqiroz vujudga kelishi mumkin”, – degan siyosatchi CNN‘ga bergan intervyusida.

 

Xonning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistondagi vaziyat ortidan Pokiston qochoqlar va terrorizm o‘sishi bilan bog‘liq muammoga duch kelgan.

 

“2021-yilgacha bizda 3 million afg‘on qochqinlari bo‘lgan. O‘tgan yili toliblar hokimiyatni egallagach, Pokistonda 250 ming afg‘on kirib keldi. Ularning orasida terrorchilar ham bo‘lgan”, – deb qayd etgan Imron Xon.

 

Bundan tashqari u AQSH “Tolibon” hokimiyatini ertami-kechmi tan olishini maʼlum qilgan.

 

Avvalroq Pokiston Afg‘oniston bilan chegarada to‘siqlar qo‘yishni davom ettirishini maʼlum qilgandi 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика