AQSh G‘aznachilik departamenti ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yil 11-avgust holatiga mamlakatning umumiy davlat qarzi 37 trillion 4 milliard 817 million 625 ming 842,56 AQSh dollarini tashkil etdi. Bu — AQSh tarixida ilk bor qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Aprel oyida G‘aznachilik qarzning yuqori chegarasi oshirilganini e’lon qilgan bo‘lib, ushbu qaror ikki yil muddatga amal qiladi.
Ma’lumot uchun, 2024-yil iyul oyida AQSh davlat qarzi ilk bor 35 trillion dollardan oshgandi. AQSh Kongressining Byudjet byurosi prognozlariga ko‘ra, 2034-yilga kelib davlat qarzi 50,7 trillion dollarga yoki mamlakat yalpi ichki mahsulotining 122 foiziga yetishi mumkin.
Shuningdek, AQSh davlat qarzining YIMga nisbati 2013-yilda 100 foizdan oshgan va hozirgacha bu ko‘rsatkichdan pastga tushmagan.


