1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri muzokaralar o'tkazilsada, bu mamlakatning ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik darajasini pasaytirmasligini ta’kidladi.

AQSh Eron bilan muzokaralar o‘tkazishga tayyorligini bildirdi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Eron bilan ehtimoliy kelishuv yuzasidan muzokaralar o‘tkazishga tayyor ekanini ma’lum qildi. Axios nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, Vashington bu haqda Tehronni bir nechta diplomatik kanallar orqali xabardor qilgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh tomoni Vashington va Tehron o‘rtasida mumkin bo‘lgan kelishuvni muhokama qilish uchun uchrashuv o‘tkazishga ochiq ekanini bildirgan. Shu bilan birga, Tramp ma’muriyati diplomatik muloqot imkoniyatlarini saqlab qolgan holda, Eron bo‘yicha yakuniy qarorni hali qabul qilmagan.

 

Axios qayd etishicha, AQSh prezidenti hozircha Islom Respublikasiga nisbatan harbiy zarba berish yoki bermaslik masalasida aniq pozitsiya bildirmagan va diplomatiyani muqobil yo‘l sifatida ko‘rib chiqmoqda.

 

28-yanvar kuni Eron tashqi ishlar vazirining xalqaro masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kozem G‘arib-Obodiy Tehron AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etsa-da, bu mamlakatning ehtimoliy mojaroga tayyorgarlik darajasini pasaytirmasligini ta’kidladi. U, shuningdek, 2025-yil yozida AQSh Eron bilan muzokaralar olib borilgan bir paytda harbiy hujum uyushtirganini eslatdi.

 

Eronlik diplomat Vashingtonni mintaqada kuch to‘plash orqali bosim o‘tkazish kutilgan natijani bermasligi haqida ogohlantirdi.

 

Avvalroq, 22-yanvar kuni Donald Tramp AQSh dengiz flotining “ehtimoliy holatlarga tayyorgarlik doirasida” Eronga yo‘naltirilgan harbiy kemalari mavjudligini bildirgan edi. U katta kuchlar harakatda ekanini tan olgan bo‘lsa-da, vaziyat harbiy to‘qnashuvsiz hal etilishini afzal ko‘rishini qayd etgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика