1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Siyosat

AQSh Eron-Isroil urushiga qo‘shilmaydi

Tramp mintaqadagi harbiy keskinlikni kamaytirmoqchi.

AQSh Eron-Isroil urushiga qo‘shilmaydi

Amerikalik rasmiylar AQSh Eron bilan ehtimoliy urushda Isroilga harbiy yordam ko‘rsatmasligini bildirdi. Bu haqda CBS telekanali xabar berdi.

 

Manbalarga ko‘ra, Donald Trampning “Katta yettilik” sammitini erta tark etishi va Milliy xavfsizlik kengashi yig‘ilishini chaqirgani AQShning Eron bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri harbiy harakatlarga kirishishini anglatmaydi.

 

The Jerusalem Post nashrining yozishicha, AQSh va Yevropa rasmiylari Eronni uranni boyitishdan voz kechishga va yadroviy dasturdan voz kechish bo‘yicha so‘nggi diplomatik imkoniyatga undashni rejalashtirmoqda.

 

Mazkur vaziyatda AQShning asosiy maqsadi — mintaqadagi harbiy keskinlikni kamaytirish va diplomatik yo‘l bilan murosaga erishishdir.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика