1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Erondagi namoyishchilarga yordam berishga tayyor — Tramp

Dekabr oyi oxiridan beri Eronning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari bo'lib o'tmoqda.

AQSh Erondagi namoyishchilarga yordam berishga tayyor — Tramp

 

AQSh prezidenti Donald Tramp Eronda davom etayotgan norozilik namoyishlari yuzasidan bayonot berdi. U agar Eronda tinch namoyishchilarga nisbatan zo‘ravonlik davom etsa, Qo‘shma Shtatlar ularga yordam berishga tayyorligini ma’lum qildi.

 

Mazkur bayonot Tramp tomonidan Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida e’lon qilindi. Unda AQSh prezidenti, agar Eron rasmiylari tinch aholini kuch ishlatib bostirishni davom ettirsa, Vashington bunga befarq qolmasligini ta’kidlagan.

 

Bunga javoban Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi AQShning bunday bayonotlarini Tehronning ichki ishlariga aralashuv sifatida baholab, bu butun Yaqin Sharq mintaqasida beqarorlikni kuchaytirishi mumkinligini aytdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil dekabr oyining oxiridan buyon Eronning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishlarga mahalliy valyutaning keskin qadrsizlanishi va iqtisodiy bosimlar sabab bo‘lgan.

 

To‘qnashuvlar chog‘ida kamida olti kishi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Ulardan besh nafari namoyishchi, yana bir kishi esa, ommaviy axborot vositalari ma’lumotiga ko‘ra, Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusiga qarashli Basij bo‘linmasi a’zosi bo‘lgan. Xavfsizlik kuchlari namoyishlarni tarqatish jarayonida ko‘z yoshartiruvchi gaz va o‘qotar qurollardan foydalangani aytilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика