Reuters manbalariga ko‘ra, AQSh harbiylari Eronga qarshi uzoq muddatli, bir necha hafta davom etishi mumkin bo‘lgan harbiy operatsiyalarni o‘tkazish variantlarini ko‘rib chiqmoqda.
Manbalarning ta’kidlashicha, mazkur operatsiya bo‘yicha yakuniy qaror Donald Tramp tomonidan qabul qilinishi mumkin. Agar tegishli buyruq berilsa, harbiy harakatlar boshlanishi ehtimoli mavjud.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi rejalashtirish ishlari avvalgi ehtimoliy zarba variantlariga nisbatan ancha murakkab hisoblanadi. Harbiy ssenariylar doirasida nafaqat yadroviy infratuzilma, balki davlat obyektlariga ham zarba berilishi ehtimoli muhokama qilinmoqda. Ayrim manbalar Vashington Tehron tomonidan ehtimoliy javob choralarini kutayotganini bildirgan. Taxminlarga ko‘ra, qarama-qarshi zarbalar ma’lum vaqt davomida davom etishi mumkin.
Fevral oyi boshlarida AQSh va Eron o‘rtasida Ummon hududida yadroviy muzokaralar o‘tkazilgan. Muzokaralardan so‘ng AQSh tomoni mintaqadagi harbiy mavjudligini kuchaytirish choralarini ko‘rmoqda.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, mintaqaga qo‘shimcha harbiy kuchlar, jumladan harbiy xizmatchilar, qiruvchi samolyotlar hamda boshqariladigan raketa esminetslari yuborilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, mintaqaga qo‘shimcha aviatashuvchi kema yo‘naltirilgani ham ma’lum qilingan.


