1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh gegemonligining tugashi katta urushga olib keladi - The Economist

The Economist nashri siyosiy sharhlovchisi Nil Fergyuson "AQSHning dunyoda yetakchiligi tugashi katta urushni keltirib chiqaradi", -degan fikrda.

AQSh gegemonligining tugashi katta urushga olib keladi - The Economist

 

 

Fergyuson AQSHni XX asrning birinchi yarmida zaiflashgan Buyuk Britaniya imperiyasi bilan solishtirib, Vashington uning yo‘lini takrorlayotganini qayd etdi. Bunga tashqi siyosatdagi hodisalar – Afg‘onistondan askarlarni evakuatsiya qilish va  AQSH iqtisodiyotining pasayishi guvohlik bermoqda

 

Tadqiqotchining fikricha, Vashington Britaniyada mavjud bo‘lgan ulkan koloniyalarga ega emas. Shunga qaramay, 150 mamlakatda o‘zining harbiy bazalariga ega“Bunday katta global masʼuliyatga erishish oson bo‘lmagan. Lekin undan qutulish oson bo‘ladi deb o‘ylash – yanglishishdir”, - deb aytgan Fergyuson.

 

U AQSH gegemonligi tugashi va Xitoyning buyuk davlat sifatida sahnaga chiqishi Sharqiy Osiyoda ikki davlatning to‘qnashuviga olib kelishiga ishonmoqda. Kuchlar nisbatining o‘zgarishi Pekin va Vashington o‘rtasida Tayvan nazorati uchun jiddiy harbiy nizo vujudga keladi.

 

Bu esa AQSHga qiyin tanlovni oldiga qo‘yadi  Birinchisi, uzoq va og‘ir qurolli to‘qnashuvga qo‘shilish, ikkinchisi, Xitoyga yon berish.

 

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pentagon sobiq xodimi Elbrij Kolbi Vashingtonni Xitoy bilan to‘qnashuvga tayyor turishga chaqirgandi

 

 

Jahongir Qo'ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика