1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH harbiy samolyotlari Markaziy Osiyoga kirib keldi

Harbiy samolyotlar Turmankistonning noma'lum hududiga kelib qo'ngan bo'lib, hodisa AQSh va Eron o'rtasida kelishmovchiliklar fonida yuz bermoqda.

AQSH harbiy samolyotlari Markaziy Osiyoga kirib keldi

 

AQSh harbiy kuchlariga tegishli C-17A Globemaster III va MC-130 Super Hercules rusumli og‘ir transport samolyotlari Turkmanistondagi noma’lum hududga qo‘ngan. Bu haqda Mosssadning kommunikatsiyalar bo‘limi X tarmog’ida xabar qildi.

 

Mazkur samolyotlar odatda havo-desant operatsiyalari, parashyut orqali tushirish va tezkor texnika yetkazib berish uchun qo‘llanadi — bu imkoniyatlar ko‘pincha maxsus operatsiyalar va logistika joylashtirish bilan bog‘liq bo‘ladi.

 

AQSH harbiy samolyotlari qo‘ngan joy Turkmaniston Tehrondan taxminan 300 kilometr uzoqlikda joylashgan bo‘lib, bu AQSh aktivlarini Eronga juda yaqin masofaga olib keladi.

 

Hozircha joylashtirishning aniq maqsadi bo‘yicha rasmiy ma’lumoq yo‘q. Biroq bu harakat AQSh–Eron o‘rtasidagi keskinlik va muzokaralar bir vaqtda davom etayotgan pallaga to‘g‘ri kelmoqda

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика