AQSH Hindistonning Rossiya neftiga qaramligini qisqartirishga yordam bermoqchi. Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Jen Psaki maʼlum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Oq uyning iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi o‘rinbosari Dalip Singx Nyu-Dehliga tashrifida bu masalani muhokama qilgan. U RFga qarshi sanksiyalarga amal qilish muhimligini ham taʼkidlagan.
Psakining qo‘shimcha, Singx Hindistonga ogohlantirish bilan chiqmagan hamda “har bir davlat Rossiyadan neft import qilish masalasini o‘zi hal etishi mumkin”ligini tan olgan.
Avvalroq AQSH Hindistonni Rossiya bilan qalin iqtisodiy aloqalarning oqibatidan ogohlantirgandi.


