1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Isroilga o‘n million dollarlik o‘q-dorilar yetkazib berish niyatida

Qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuv hali ham Amerika maʼmuriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

AQSH Isroilga o‘n million dollarlik o‘q-dorilar yetkazib berish niyatida

 

Jo Bayden ma’muriyati Falastin—Isroil mojarosida sulh tuzishga chaqirganiga qaramay, Amerika Qo‘shma Shtatlari Isroil hukumatiga o‘n million dollarlik turli xildagi o‘q-dorilar yetkazib berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Amerika hukumati Isroilga taxminan 1 ming dona MK-82 bombalarini, shuningdek, KMU-572 mo‘ljalga olish to‘plamlari va KMU-572 bombalar uchun portlatish vositalarini berishni rejalashtirmoqda.

 

Nashrning taʼkidlashicha, qurol yetkazib berish bo‘yicha kelishuv hali ham Amerika maʼmuriyati tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Agar ma’qullansa, kelishuv Kongress tomonidan tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика