1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Kiyevga 400 mln dollarlik yangi harbiy yordam tayyorlamoqda

Ushbu harbiy yordam urush boshlanganidan beri AQSH tomonidan Ukraina uchun yuborilgan 43-transh bo‘ladi.

AQSh Kiyevga 400 mln dollarlik yangi harbiy yordam tayyorlamoqda

 

AQSHning Ukraina uchun tayyorlayotgan yangi harbiy paketiga bir nechta Stryker zirhli transportyorlari, minalardan tozalash uskunalari, NASAMS mobil havo mudofaa tizimlari va HIMARS ko'p uchiruvchi raketa tizimlari uchun o'q-dorilar, tankga qarshi qurollar, jumladan TOW va Javelin tizimlari, Patriot va Stinger zenit tizimlari uchun o'q-dorilar kiradi, deya xabar beradi Reuters manbalari.

 

Nashrga ko‘ra, paketning mazmuni hali o‘zgarishi mumkin. Qayd etilishicha, yangi harbiy yordam ajratish haqidagi qaror 25 iyul kuni e'lon qilinishi kutilmoqda.

 

Ushbu xavfsizlik transhi 2022-yil fevralida urush boshlanganidan beri AQSh tomonidan Ukraina uchun tasdiqlangan 43-transhi bo‘ladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика