Xabarda aytilishicha, AQSH mudofaa vazirining harbiy-siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Kolin Kal 14-oktabr kuni Nutrition and Education International (NEI) Stiven Kvon bilan uchrashuvda shunday taklif bergan. Ushbu tashkilotda aviazarba oqibatida halok bo‘lgan Zemari Ahmadiy ishlagan.
Kompensatsiya miqdori nomaʼlum. "The New York Times" hozirda Pentagon Davlat departamenti bilan hamkorlikda Ahmadiyning oilasini Afg‘onistondan olib chiqish rejasini ko‘rib chiqyapti.
Maʼlumot o‘rnida: 29 avgust kuni AQSH droni Kobul aeroporti yaqinida aviazarba berdi. Oqibatda 10 kishi halok bo‘lgan. AQSH o‘shanda ISHID jangarisiga zarba berganini maʼlum qilgan. Ammo keyinchalik Pentagon aviazarba dahshatli xato bo‘lganini tan oldi.
Avvalroq Qandahorda masjid portlatilgani hamda Putinning "Tolibon" haqidagi fikrlari xabar qilingandi.


