1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Kongressi Ukrainaga yangi yordam paketini ko‘rib chiqadi

Uning umumiy summasi 40 milliard dollarni tashkil etadi.

AQSH Kongressi Ukrainaga yangi yordam paketini ko‘rib chiqadi

 

Shu haftada AQSH kongressi Ukrainaga 40 milliard dollarlik yordam paketini ko‘rib chiqishi mumkin. Bu haqda WSJ xabar berdi.

 

 Gazeta maʼlumotlariga ko‘ra, seshanba kuni Kongressning vakillar palatasi aʼzolariga ushbu yordam paketi to‘g‘risida maʼlumot taqdim etiladi. O‘tgan haftada Jozef Bayden Kiyevga yangi yordam haqida maʼlumot bergandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kongress tasdiqlagan harbiy va moliyaviy mablag‘lar deyarli ishlatilib bo‘lingan.

 

Bayden 33 milliard dollarlik ko‘mak haqida gapirgan. Ammo yakunda uning umumiy miqdori 40 milliardga yetdi.

 

Avvalroq Ukraina bosh vaziri Kiyevga taqdim etilgan yordam summasi haqida maʼlumot bergandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика