AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken agar Livan Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urushga aralashsa, zarar ko‘rishi haqida ogohlantirdi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti spikeri Metyu Miller maʼlum qildi.
Uning taʼkidlashicha, Blinken Livan muvaqqat bosh vaziri Najib Mikati bilan AQSH Livan xalqini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlash uchun gaplashgan va Livan janubiy chegarasida keskinlik kuchayib borayotganidan xavotir bildirgan.
Blinken mojaroda fojiali tarzda halok bo‘lgan livanlik tinch fuqarolarning oila aʼzolariga hamdardlik bildirdi hamda Livan barqarorligi va hududiy yaxlitligining yagona qonuniy kafolati bo‘lgan mamlakat qurolli kuchlari va ichki xavfsizlik kuchlarini Qo‘shma Shtatlar qo‘llayotganini eslatib o‘tdi.


