1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH moliya vazirligi antiqa vakansiya eʼlon qildi

Unga yiliga 150 ming dollar taklif qilgan.

AQSH moliya vazirligi antiqa vakansiya eʼlon qildi

 

AQSH moliya vazirligi “sanksiyalar bo‘yicha mutaxassis” vakansiyasini eʼlon qilmoqchi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.

 

Sanksiyalar bo‘yicha bosh iqtisodchiga yiliga 150 ming dollar maosh taklif qilingan. moliya vazirligi bu xabarni tasdiqlagan.

 

“Bizga faqatgina 460 sahifali ilmiy traktatlar tayyorlaydigan odam kerak emas. Bu yana-da maqsadga yo‘naltirilgan va amaliy ish bo‘ladi”, – degan moliya vaziri o‘rinbosari maslahatchisi Aleks Parets.

 

Yangi xodim sanksiyalarni iqtisodiy tahlil qilish bo‘limini boshqaradi. Bu bo‘lim 2021 yilda tuzilgan. Bundan ko‘zlangan maqsad 2001 yildan buyon 933 foizga ko‘paygan cheklovlar bilan bog‘liq muammolarni boshqarishdan iborat. Ekspert moliya vazirligiga sanksiyalarning fiskal va pul-kredit siyosatiga, moliya bozorlari, valyuta kurslari, bank ishi, investitsiyalar, energetika va davlat qarziga taʼsiri haqida maʼlumot beradi.

 

 Bloomberg maʼlumotlariga ko‘ra, vazirlik hozirda 37 sanksiyaviy dasturlarni boshqarmoqda. U 12 ming jismoniy va yuridik shaxslarga cheklovlarni qamrab olgan.

 

Avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar mazmunini ochiqlagandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика