Yadroviy suvosti kemasining Yaqin Sharqqa ko‘chirilishi tomonlarni mojaroni kengaytirishdan qaytarishning bir qismi sifatida zarur. Bu haqda Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi koordinatori Jon Kirbi maʼlum qildi.
“Men sizga umumiy maʼnoda aytaman, biz mintaqadagi kuchlarimizni o‘zgartirishda davom etamiz”, dedi Kirbi.
U AQSH harbiylari mintaqada joylashganini eslatib, ularni va Amerika harbiy obyektlarini himoya qilish uchun bunday qadam zarurligini taʼkidladi. Bundan tashqari, Kirbi yadroviy suvosti kemasi “kuchli xabar yuborish” ekanini taʼkidladi.
“Bu mojaroni kuchaytirmoqchi bo‘lgan har qanday tomon uchun “qudratli to‘xtatuvchi xabar”, - deya taʼkidladi u.
Eslatib o‘tamiz, Qo‘shma Shtatlar Livanni mojaroga aralashishdan ogohlantirib, buning oqibatida Livan xalqi jabr ko‘rishini aytgandi.


