1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH o‘tgan oyda gipertovushli raketa uchirgan – CNN

Vashington Rossiya aloqalarni yana-da keskinlashtirmaslik maqsadida uni maxfiy tarzda amalga oshirgan.

AQSH o‘tgan oyda gipertovushli raketa uchirgan – CNN

 

AQSH mart oyi o‘rtasida maxfiy tarzda gipertovushli qurol sinovini o‘tkazgan. Bu haqda CNN Pentagondagi manbalariga asoslanib xabar berdi.

 

Una ko‘ra, bu raketa “Gipertovushli havo-reaktiv quroli konsepsiyasi” doirasida yaratilgan. U Tinch okeanida, strategik bombardimonchi samolyot – B-52‘dan uchirilgan. Ushbu qurol 19 ming metr balandlikka ko‘tarilgan va 480 metr masofaga uchib borgan. Raketaning maksimal tezligi tovush tezligidan eng kamida 5 marta ko‘p bo‘lgani aytilmoqda.

 

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, sinovlar Baydenning Yevropaga safari arafasida o‘tkazilgan. Shu bilan birga telekanalning taʼkidlashicha, Vashington Moskva bilan munosabatlardagi eskalatsiyadan qochib, uni maxfiy tarzda amalga oshirgan.

 

Avvalroq AQSH quruqlik qo‘shinlari soni qisqartirilishi to‘g‘risida xabar berilgandi

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика