AQSH o‘zbekiston IT kompaniyasiga sanksiya kiritdi

O‘zbekiston kompaniyasi Rossiya bilan birgalikda boshqa davlatlarga kiberhujum qilishda yordam berganlikda gumonlanmoqda.

AQSH o‘zbekiston IT kompaniyasiga sanksiya kiritdi

AQSH Moliya vazirligi O‘zbekistonning «Datavice» MCHJ kompaniyasiga qarshi ikkilamchi sanksiylar kiritdi. Vazirlikka ko‘ra, kompanioya Rossiyaning Aeza Group kompaniyasi bilan aloqada bo‘lishda gumonlanmoqda.

 

AQSH rasmiylari fikricha, Aeza Group kiberjinoyatchilarga AQSH va boshqa davlatlardagi qurbonlarga hujum qilish uchun hosting xizmatlari ko‘rsatadi. Shuningdek, AQSH Moliya vazirligi ushbu kompaniyani BianLian nomli tovlamachi dasturlarni yaratishda gumon qilmoqda.

 

Yagona davlat reyestri maʼlumotlariga ko‘ra, Datavise 2023 yil iyul oyida Toshkentda tashkil etilgan. Kompaniya maʼlumotlarni qayta ishlash sohasida xizmatlar ko‘rsatadi.

 

Uning ustav jamg‘armasi 24 million so‘mni tashkil etadi. Kompaniyaning rahbari va asoschisi Maksim Makarovdir.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona Kimyo zavodi hamda uning rahbari Rustam Mo‘minovga Rossiya porox zavodiga paxta sellyulozasi yetkazib berishda gumonlanib Yevropa Ittifoqi sanksiyalar kiritgan edi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика