AQSh prezidenti Donald Tramp poytaxt Vashingtondagi uy-joysiz fuqarolarni shahar hududidan chiqarib yuborish rejasini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi.
Trampning so‘zlariga ko‘ra, poytaxt xavfsizligi va ko‘rkamligini oshirish maqsadida uysizlarga shahar tashqarisida yashash uchun joy ajratiladi, jinoyat sodir etgan shaxslar esa qamoqqa yuboriladi. Prezident buni “yaqin vaqt ichida amalga oshiriladigan chora-tadbir” sifatida ta’kidladi.
Avvalroq Tramp Vashingtonda jinoyatchilik darajasi ortgani sababli shaharga Milliy gvardiya kuchlarini kiritish ehtimolini bildirgan edi. CNN ma’lumotiga ko‘ra, AQSh immigratsiya va bojxona xizmati, Federal qidiruv byurosi, Milliy gvardiya hamda Ichki xavfsizlik vazirligi poytaxtga kuchlar joylashtirish bo‘yicha tayyorgarlik ko‘rsatmasini olgan.


