Donald Trampning milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Jon Bolton 2024 yilgi prezidentlik saylovida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi. U sobiq rahbarining qayta saylanmasligi uchun bu qadamni amalga oshirishga tayyor.
"Agar hozirgi nomzodlar Trampning yuz o‘girmasa, men prezidentlik poygasida qatnashishga tayyor", — deb yozgan Bolton Twitter sahifasida.
Siyosatchi bu harakatlari orqali konstitutsiyani himoya qilmoqchi ekanini aytgan.
Hozirgi kunda bo‘lajak saylovda ishtirok etish uchun faqat Tramp ro‘yxatga olingan. Jon Bolton 2018-2019 yillarda Oq uyda faoliyat yuritgan. Keyinchalik Tramp undan lavozimini tark etishni talab qilgan.
Ijtimoiy so‘rovnomalar natijasiga ko‘ra, 60 foiz amerikaliklar Trampning saylovda qatnashishiga qarshi.


