1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Ular hatto yo‘lakda ham ko‘rishib qolmasligi kerak—“Politico”

AQSH Putin va Baydenni Balida uchrashtirmaslik harakatida

Ular hatto yo‘lakda ham ko‘rishib qolmasligi kerak—“Politico”

 

AQSH rasmiylari Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Jo Baydenning Indoneziyadagi G20 sammitida uchrashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun barcha imkoniyatlarni ishga solmoqda. Bu haqda “Politico” gazetasi yozmoqda.

 

Qayd etilishicha, ular Bayden rossiyalik hamkasbi bilan yo‘lakda to‘qnashib ketmasligi va G20 sammitida yetakchilar bilan birga suratga tushish vaqtida uning yo‘lini kesib o‘tmasligi uchun choralar ko‘rmoqda.

 

Prezidentlik davrida Bayden Putin bilan 2021-yilda Jeneva sammitida faqat bir marta uchrashgan. O‘z navbatida, Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov sammitda ikki davlat prezidentlari Vladimir Putin va Jo Baydenning ehtimoliy aloqalari haqidagi savolga javob berar ekan, Rossiya G20 sammiti doirasida AQSH bilan muzokaralarni rad etmasligini aytgandi. 

 

Eslatib o‘tamiz: G20 sammiti 15-16 noyabr kunlari Indoneziyaning Bali orolida bo‘lib o‘tadi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика