Ukraina inqirozi uchinchi jahon urushini keltirib chiqarishi mumkin. Bu haqda AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
“Bu uchinchi jahon urushiga olib kelishi mumkin. Men nima bo‘layotganini ko‘rib turibman. AQSH Putinga ikki yo‘l borligini tushuntirishi lozim. Ular – darhol tinchlik muzokaralarini boshlash yoki tezkor choralarni, jumladan, Gʻarbning Rossiya energetik resurslaridan qaramligini yo‘q qilish”, – degan u.
Trampning fikricha, hozirgi Amerika administarsiyasidan hech kim Rossiya, xususan, Putin bilan gaplasha olmasligi sabab Moskva o‘z maqsadlariga erishish uchun to‘xtamayapti.
Ma’lumot o‘rnida: 24 fevral kuni Rossiya Ukrainaga qarshi maxsus operasiya boshlashini e’lon qildi. Hozirga qadar Ukrainaning bir qator shaharlari yaqinida og‘ir janglar ketmoqda. Mamlakatdagi vaziyat gumanitar halokat yoqasida.
Gʻarb davlatlari Moskvaning bu xatti-harakatlariga javoban unga qarshi iqtiosdiy-moliyaviy sanksiyalar joriy etdi. Bundan tashqari, taqiqlar shaxsan prezident Vladimir Putinga ham joriy etilgan.
Avvalroq Ukraina tashqi ishlar vaziri uning mamlakati dunyoda uch jabhada g‘alabaga erishganini ma’lum qilgandi.


