1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Pxenyanning Rossiyaga qurol berishidan xavotirda

Qo‘shma Shtatlar Putin va Kim Chen Inning uchrashuvini diqqat bilan kuzatib boradi.

AQSH Pxenyanning Rossiyaga qurol berishidan xavotirda

 

AQSH KXDR yetakchilari Kim Chen In va Rossiya prezident Vladimir Putin o‘rtasidagi uchrashuv natijalarini diqqat bilan kuzatib boradi va agar Shimoliy Koreya Rossiyaga har qanday qurol-yarog‘ topshirsa, har ikki davlatga qarshi yangi sanksiyalar joriy qiladi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Miller maʼlum qildi

 

“Ikkala davlatga eslatib o‘tamanki, Shimoliy Koreyadan Rossiyaga qurol-yarog‘ning har qanday uzatilishi BMT Xavfsizlik Kengashining bir qancha rezolyutsiyalarini buzish hisoblanadi”, — dedi Miller.

 

Uning qo‘shimcha qilishicha, Amerika tomoni KXDR va Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha bosimni davom ettirishi va yangi cheklovlarni qo‘llashdan tortinmasligi haqida ogohlantirdi.

 

Ayni vaqtda Koreya markaziy axborot agentligining xabar berishicha, 10 sentyabr kuni Kim Chen In Pxenyandan maxsus poyezdga o‘tirib, Rossiya Federatsiyasiga yo‘l olgan. Unga partiya, hukumat va mamlakat qurolli kuchlarining asosiy rahbarlari hamrohlik qilmoqda.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика