1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. O'zbekiston

AQSH Qozog‘istondan ijaraga yer olmoqda

Shartnoma muddati 49 yil va u yana uzayishi mumkin.

AQSH Qozog‘istondan ijaraga yer olmoqda

AQSH 49 yilga Qozog‘istondan ijaraga yer olishga tayyorlanmoqda. 

 

Olmaota shahrida AQSHning konsullik muassasasi binolarini qurish uchun AQSH hukumatiga yer uchastkasini ijaraga berish ko‘zda tutilmoqda. Qozog‘iston hukumati tomonlar o‘rtasidagi kelishuv loyihasini maʼqullagan. Hujjat allaqachon kuchga kirgan.

 

Kelishuv loyihasiga ko‘ra, Qozog‘iston hukumati AQSHga Jamakayev ko‘chasi, Al-Farobiy prospekti, Sayfullin prospekti va Aldar Ko‘se ko‘chasi orasida joylashgan 70593 kvadrat metrlik yer maydonini ijaraga beradi. Ijara muddati yer uchastkasi ijara shartnomasi imzolangan kundan boshlab 49 yilni tashkil etadi.

 

Yer maydoni AQSHning Olmaota shahridagi konsullik muassasasi binolarini qurish va ulardan foydalanishga mo‘ljallangan. Shuningdek, ijara muddati yana 49 yilga uzaytirilishi mumkin.

 

Yer uchastkasi uchun ijara to‘lovi miqdori dastlabki 49 yillik ijara muddati va keyingi 49 yillik uzaytirish davrlari uchun (umumiy davomiyligi cheklanmagan holda) 25 301 016 AQSH dollarini tashkil etadi va mazkur shartnoma kuchga kirgan kundan boshlab 30 taqvim kuni ichida yagona to‘lov sifatida to‘lanadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика