1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH razvedka xizmatlari koronavirusning kelib chiqishi haqida oxirgi to‘xtamga keldi

Unda Xitoyga qo‘yilayotgan ayblovlardan biri rad etilgan.

AQSH razvedka xizmatlari koronavirusning kelib chiqishi haqida oxirgi to‘xtamga keldi

 

AQSH razvedka xizmatlari koronavirus biologik qurol sifatida yaratilmaganini maʼlum qildi. Shu mazmundagi hisobot AQSH milliy razvedkasi direktori apparati saytida eʼlon qilindi.

 

Shu bilan birga, aksariyat razvedka agentliklari SARS-CoV-2 genetik jihatdan modifikatsiya qilinmaganini eʼtirof etgan. Shu bilan birga ikki maxsus xizmat aniq xulosaga kela olmagan.

 

Shu bilan birga, analitiklar koronavirus kelib chiqishining har ikki versiyasi — tabiiy va laboratorik kelib chiqishni ham haqiqatga yaqin sifatida baholagan. Virusning laboratoriyadan chiqib ketganligi to‘g‘risidagi taxminlarni AQSHning faqat bitta maxsus xizmati ilgari surgan, ammo uning nomi hisobotda keltirilmagan.

 

Razvedka xizmatlari kovid bilan kasallanish ilk bor  2019 yilning noyabrida qayd etilganini maʼlum qilgan. Shu bilan birga Uxan virusologiya instituti olimlari yangi turdagi virus mavjud ekanini aniqlamaguncha, Xitoy bu haqda umuman maʼlumotga ega bo‘lmagani taʼkidlangan.

 

Bundan avval koronavirus Uxanda 2019 yilning yozida tarqalgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar qilingandi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика