1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Rossiyadan voz kechishi evaziga Armanistonga 9 mlrd dollar taklif qildi

Taklif doirasida AQSH Armaniston bilan tinch maqsadlarda yadro energiyasidan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi.

AQSH Rossiyadan voz kechishi evaziga Armanistonga 9 mlrd dollar taklif qildi

 

 

AQSH Armanistonga Rossiyaga energetik qaramlikni kamaytirish evaziga 9 milliard dollargacha investitsiya taklif qildi. Bu haqda Bloomberg nashri xabar berdi. Mazkur tashabbus Vashingtonning Janubiy Kavkazdagi ta’sirini kuchaytirish va mintaqadagi geosiyosiy muvozanatni qayta shakllantirish strategiyasining bir qismi sifatida baholanmoqda.

 

Taklif doirasida AQSH Armaniston bilan tinch maqsadlarda yadro energiyasidan foydalanish bo‘yicha keng qamrovli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqchi. 9-fevral kuni Yerevanda AQSH vitse-prezidenti Jey Di Vens va Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu yo‘nalishdagi ikki tomonlama bitimni imzoladi. Hujjat Amerika yadro texnologiyalari, yoqilg‘isi va xizmatlarini yetkazib berish uchun huquqiy asos yaratadi.

 

Hamkorlikning asosiy yo‘nalishlaridan biri sifatida kichik modulli reaktorlar (SMR) taklif qilinmoqda. AQSH bu texnologiyani sovet davrida qurilgan va hozir faoliyat yuritayotgan Armaniston atom elektr stansiyasiga muqobil yechim sifatida ko‘rmoqda. Dastlabki bosqichda 5 milliard dollargacha eksport amalga oshirilishi, keyinchalik esa yoqilg‘i yetkazib berish va texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha yana 4 milliard dollarlik uzoq muddatli shartnomalar tuzilishi mumkin.

 

Hozirda Armanistonning Metsamor hududida joylashgan atom elektr stansiyasi mamlakat elektr energiyasining qariyb 40 foizini ishlab chiqaradi. Mazkur obyekt Janubiy Kavkazdagi yagona atom stansiyasi bo‘lib, uning faoliyatida Rossiyaning “Rosatom” kompaniyasi ishtirok etadi. Shu bilan birga, Armaniston yangi atom stansiyasi qurish va energetik manbalarni diversifikatsiya qilish imkoniyatlarini faol o‘rganmoqda.

 

Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan ushbu kelishuv energetika sohasida yangi imkoniyatlar yaratishini va mamlakat energetik mustaqilligini mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика