AQSHlik ekspertlar rublni joriy yildagi barqaror valyuta deb atadi. Bu haqda Amerikaning “СBS” telekanalida namoyish qilingan intervyuda aytib o‘tildi.
Tahlilchilarning fikricha, 2022-yilning yanvar oyidan boshlab rubl dollarga nisbatan 40 foizga qimmatlashgan. Bunga energiya narxining tez o‘sib borishi va ularga to‘lovlarlarni rublda amalga oshirishga o‘tilgani sabab bo‘lgan. Shuningdek, Rossiya Fedaratsiyasining Markaziy banki tomonidan kapitalning chetga chiqib ketishi ustidan nazorat o‘rnatilgan.
“Bunday chidamlilik Rossiya iqtisodiyotini Gʻarb sanksiyalaridan himoya qilishga yordam beradi”, — deyiladi intervyuda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda 2022-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, 1 rossiya rubli 147.07 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, hozirda (30.05.2022 holatida) uning qiymati 164.87 so‘mga yetgan.
Javohirbek TURSUNOV


