AQSh Respublikachi senatori Lindsi Grem Vladimir Putinni jiddiy tinchlik muzokaralariga kirishishga chaqirdi. Unga ko‘ra, agar Rossiya prezidenti bunga rozi bo‘lmasa, AQSh prezidenti Donald Tramp Rossiyaning bank va energetika sektorlariga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qiladi.
Gremning bayonoti Putinning 6-mart kuni Ukrainadagi tinchlik kelishuvini faqat Rossiyaning strategik manfaatlariga mos kelgan taqdirda qabul qilishini bildirganidan keyin yangradi. Senatorning ta’kidlashicha, Rossiyaning zaif iqtisodiyoti kuchli sanksiyalar ostida yanada og‘irlashadi va Kremlni muzokaralar olib borishga majbur qiladi.
Avvalroq AQSh moliya vaziri Skott Bessent ham Rossiyaning energetika sohasiga qarshi sanksiyalar kuchaytirilishi mumkinligini bildirgan edi.


