AQSh Bojxona-xavfsizlik xizmati hukumat tomonidan belgilangan boj olinmaydigan mahsulotlar ro‘yxatini e’lon qildi. Ma'lum qilinishicha, bu istisnolar Donald Tramp ma’muriyati davrida joriy etilgan boj siyosatida o‘zgarish sifatida e’tirof etilmoqda.
Ro‘yxatga telefonlar, noutbuklar, qattiq disklar, kompyuter protsessorlari, xotira chiplar va yarimo‘tkazgich ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan uskunalar kiritilgan.
Mutaxassislarning fikricha, bu qaror iste’molchilarni narxlarning oshib ketishidan himoya qiladi va Apple, Samsung hamda Taiwan Semiconductor kabi kompaniyalarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.