1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

Rossiyada yangi tartib: chet elliklar uchun SIM-karta cheklovlari kuchaytirildi

1-iyuldan boshlab xorijliklar uchun mobil aloqa xizmatlari bosqichma-bosqich cheklanadi.

Rossiyada yangi tartib: chet elliklar uchun SIM-karta cheklovlari kuchaytirildi

 

Rossiya Raqamli rivojlanish vazirligining ma’lum qilishicha, 2025-yil boshidan kuchga kirgan yangi tartibga muvofiq, chet ellik fuqarolar yagona biometrik tizim (EBS)da ro‘yxatdan o‘tgan taqdirdagina aloqa operatorlari bilan mobil aloqa bo‘yicha shartnoma tuzishlari mumkin. 1-iyuldan boshlab esa bu talabni bajarmagan xorijliklar uchun mobil aloqa xizmatlari bosqichma-bosqich cheklanadi.

 

Ushbu yangi qoidalar asosida, 2024-yil 1-iyulga qadar biometrik ma’lumotlarini topshirmagan chet elliklarning faol telefon raqamlari avval xalqaro va shaharlararo qo‘ng‘iroqlar, shuningdek internet tezligining pasaytirilishi orqali cheklanadi. 30 kun ichida biometrik ro‘yxatdan o‘tilmasa, ularning raqamlari to‘liq bloklanadi. Uzoq vaqt davomida (3 oydan ortiq) faolsiz qolgan raqamlar esa darhol o‘chiriladi.

 

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgacha ikki milliondan ortiq chet el fuqarolari EBS tizimida ro‘yxatdan o‘tgan va yangi qoidalarga muvofiq sim-kartalar sotib olgan.

 

Bu choralar, hukumatning tushuntirishicha, Rossiyada noqonuniy “kulrang sim-kartalar” savdosiga chek qo‘yish va xavfsizlikni oshirish maqsadida joriy etilgan.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика