AQSH Suriyaga aviazarbalar berdi. Bu haqda Qo‘shma Shtatlar qurolli kuchlari markaziy qo‘mondonligi maʼlum qildi.
Zarbalar Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi bilan bog‘liq guruh infratuzilmasiga berilgan. Bu Jozef Baydenning buyrug‘i bilan amalga oshirilgan.
"Preziden Bayden topshirig‘i bilan AQSH qurolli kuchlari bugun Deyr-az-Zor viloyatiga aniq zarbalar berdi", — deb qayd etilgan markaziy qo‘mondonlik Twitter sahifasida.
Harbiylar ushbu hujumlardan ko‘zlangan maqsad eronparast guruhlarning Amerika fuqarolariga hujumini oldini olish ekanini taʼkidlagan.
Avvalroq AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya Suriya shimolida ISHID yetakchilaridan birini qo‘lga olgandi.


