1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Tayvanga mudofaa sohasida ko‘maklashishda davom etishini maʼlum qildi

AQSH Tayvanga mudofaa sohasida yordam  berishda  davom  etadi. Bu haqda Pentagon rasmiy vakili Jon Kirbi maʼlum qildi.

AQSH Tayvanga mudofaa sohasida ko‘maklashishda davom etishini maʼlum qildi

 

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH Xitoyning Tayvan yaqinidagi harakatlaridan jiddiy xavotirda va uni beqarorlashtiruvchi faktor sifatida baholaydi.

 

“Biz Pekinni ushbu harbiy, diplomatik va iqtisodiy bosimdan voz kechishga chaqiramiz. Biz Tayvan ko‘rfazining har ikki qirg‘og‘ida tinchlikdan manfaatdormiz, shuning uchun Tayvanga mudofaa qudratini saqlab turishi uchun ko‘mak berishda davom etamiz”, – degan Kirbi.

 

Shu bilan birga, Pentagon rasmiy vakili Vashingtonning  ushbu harakatlari “Yagona Xitoy” siyosatiga mos kelishini alohida taʼkidladi. Tayvanni qo‘llab-quvvatlash esa  “XXR tomonidan kelayotgan tahdidlarni oldini olishga qaratilgan”.

 

Maʼlumot o‘rnida: 1949 yildan buyon Tayvan va Xitoy amalda bir-birini tan olmasdan kelmoqda. 1971 yilda Xitoy BMT xavfsizlik kengashiing doimiy aʼzosi sifatida Tayvanning o‘rnini egalladi. Jahon hamjamiyati orolni Xitoyning bir qismi sifatida tan olsa-da, Pekin G‘arbni ikki xil standartlarda ayblamoqda.

 

Bundan avval Jozef Bayden Xitoy bilan raqobat nizoga aylanmasligi zarurligini aytgandi. Shuningdek, Xitoy TIV AQSHdan noroziligini maʼlum qilgandi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика