Qo‘shma Shtatlar ittifoqchi va hamkorlari bilan Tog‘li Qorabog‘da mustaqil xalqaro missiya tashkil etish ustida ishlamoqda. Bu haqda AQSH Davlat departamenti spikeri Metyu Miller maʼlum qildi.
"Bu missiya Tog‘li Qorabog‘ aholisiga shaffoflik va ishonchni taʼminlash uchun kerak", — dedi u.
Missiya mintaqadagi insonparvarlik ehtiyojlarini qondirish bilan bog‘liq.
Miller, shuningdek, AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan suhbatda bu masalani ko‘targaniga ishora qildi.
Maʼlumot uchun, Armaniston hukumati Tog‘li Qorabog‘dan 74 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilinganini eʼlon qildi.


