AQSHning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Tomas Uest keyingi haftada Dohada "Tolibon" rahbariyati bilan terrorizmga qarshi kurash masalasida muzokara o‘tkazadi. Bu haqda AQSH Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Ned Prays maʼlum qildi.
"Keyingi haftada Tomas Uest Dohaga borishini tasdiqlayman. U yerda ikki haqtalik uchrashuvlarda "Tolibon" bilan bizning Afg‘oniston bilan bog‘liq manfaatlarimiz, xususan terrorizmga qarshi kurash muhokama qilinadi", – degan Prays.
O‘tgan haftada Uest toliblarning terrorizmga qarshi kurashi ularning hokimiyati tan olinishida yordam berishini aytgan.
Avvalroq Afg‘onistonda mediaga nisbatan taqiq joriy etilgani hamda BMT Tojikistonga afg‘on qochqinlari bo‘yicha murojaat qilgani to‘g‘risida xabar berilgandi.
Jahongir Qo'ziyev


