1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH toliblar bilan yangi muzokaralar raundini boshladi

Tomonlar qator kelishuvlarga erishgani aytilmoqda.

AQSH toliblar bilan yangi muzokaralar raundini boshladi

 

“Afg‘oniston Islom partiyasi” rahbari Gulbiddin Hikmatiyor AQSH “Tolibon” bilan muzokaralar o‘tkazayotganini ma’lum qildi. 

 

Siyosatchi Amerika va toliblar maxsus xizmatlari o‘rtasida aloqalar mavjudligini qayd etgan. Shu bilan birga u navbatdagi muzokaralar ham Doha kelishuvi kabi muvaffaqiyatsiz bo‘lishidan xavotir bildirgan. Hikmatiyorning fikricha, Vashington Dohada afg‘on xalqi manfaatlarini hisobga olmay, “Tolibon” bilan kelishuvga erishgan. 

 

Partiya yetakchisi yangi shartnomaga muvofiq AQSHning Afg‘onistonga aviazarbalari kamayishini, muxolifatni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi va haftasiga ko‘rsatilayotgan moliyaviy yordamni 40 milliondan 80 million dollarga oshirishini taxmin qilgan.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика