1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH “Tolibon” rahbarlaridan biri uchun 5 million dollar mukofot eʼlon qilgan

Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan «Tolibon» harakati rahbarlaridan biri Xalil Rahmon Haqqoniyni AQSH hukumati o‘n yillar avval  terrorchi deb eʼlon qilgani va u haqidagi maʼlumot uchun 5 million dollar taklif etgani maʼlum bo‘ldi.

AQSH “Tolibon” rahbarlaridan biri uchun 5 million dollar mukofot eʼlon qilgan

 

Bu haqda NBC telekanali xabar bergan. 

Avvalroq «Tolibon» Afg‘onistonni 12 kishidan iborat kengash boshqarishini maʼlum qilgandi. Oldindan kelishilgan nomzodlar orasida Xalil Rahmon Haqqoniy ham nomi ko‘rsatilgan.

Haqqoniyga 2011 yilda qidiruv eʼlon qilingan. U “Al-Qoida” manfaatlariga xizmat qilishda ham ayblangan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kobul aeroportida terakt amalga oshirilgani haqida xabar berilgandi.

 

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика