1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSh Ukraina bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tuzmoqchi — OAV

AQSh mojarolarni hal etishda BMTga muqobil mexanizm yaratishni ko‘zlamoqda.

AQSh Ukraina bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tuzmoqchi — OAV

 

Financial Times nashri manbalariga tayanib xabar berishicha, AQSh rasmiy doiralari G‘azo sektori uchun tuzilgan “Tinchlik kengashi” modelini Ukraina va Venesuela bilan bog‘liq mojarolarni hal etishga ham tatbiq etish imkoniyatini muhokama qilmoqda.

 

Nashr manbalariga ko‘ra, mazkur tashabbus 19–23-yanvar kunlari Shveysariyaning Davos shahrida bo‘lib o‘tadigan Jahon iqtisodiy forumi doirasida ilgari surilishi mumkin. Manbalardan birining ta’kidlashicha, AQSh prezident ma’muriyati “Tinchlik kengashi”ni kelgusida mojarolarni hal qilishda BMTga muqobil bo‘lishi mumkin bo‘lgan xalqaro mexanizm sifatida ko‘rib chiqmoqda.

 

Arab diplomatlaridan biri mintaqa davlatlari mazkur kengash vakolatlarini kengaytirish masalasiga ehtiyotkorlik bilan yondashayotganini bildirgan. G‘arb diplomatlari ham ushbu tashabbus yuzasidan xavotir bildirgani qayd etilgan.

 

AQSh bilan muzokaralarda ishtirok etgan ukrainalik amaldorning aytishicha, Donald Tramp rahbarligi ostida alohida “Tinchlik kengashi”ni tashkil etish Rossiya–Ukraina mojarosini hal qilish bo‘yicha muhokama qilinayotgan variantlardan biri hisoblanadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, kengash tarkibiga Rossiya, Ukraina, Yevropa Ittifoqi va NATO vakillari kirishi mumkin hamda u 20 banddan iborat tinchlik kelishuvining ijrosini nazorat qiladi.

 

Ma’lumot uchun, 16-yanvar kuni AQSh hukumati G‘azo bo‘yicha “Tinchlik kengashi” tashkil etilganini rasman e’lon qilgan. Mazkur kengashga Donald Tramp raislik qilmoqda. Uning tarkibiga AQSh prezident ma’muriyati vakillari, Buyuk Britaniyaning sobiq bosh vaziri Toni Bler hamda Jahon banki prezidenti Ajay Banga kiritilgan.

 

Eslatib o'tamiz, avvalroq Turkiya prezidenti Rajab Toyyip Erdog'an G'azo masalasi b'yicha tuzilayotgan "Tinchlik kengashida" Turkiya bo'lmasa bu hech qanday tinchlik kengashi emasligini aytgan edi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика