1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklamoqchi

Bu haqida Qo‘shma Shtatlarning Kiyevdagi elchisi ma'lum qildi.

AQSH Ukrainadagi elchixonasi faoliyatini qayta tiklamoqchi

 

Bu haqida Qo‘shma Shtatlarning Kiyevdagi elchisi Bridjit Brink X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

 

"Biz AQSH fuqarolarini hushyor bo‘lishga, Ukraina rasmiy manbalarining xabarlarini kuzatishga va havo hujumi haqida ogohlantirilgan taqdirda boshpanalarga borishga tayyor bo‘lishga chaqiramiz", — deyiladi elchining bayonotida.

 

Eslatib o‘tamiz, 20-noyabr kuni Qo‘shma Shtatlarning Kiyevdagi elchixonasi "ehtimoliy keng ko‘lamli havo hujumi tahdidi" tufayli vaqtinchalik faoliyat yuritmasligini e’lon qilgan edi. Shundan so‘ng, yana bir qator davlatlarning Ukrainadagi elchixonalari ham yopilgandi. Qayd etish joizki, kecha Ukrainada hech qanday havo hujumi sodir bo‘lmadi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика