AQSH Ukrainadan g‘alla olib chiqishning muqobil yo‘llarini qidirmoqda. Bu haqda Davlat departamenti matbuot kotibi Ned Prays maʼlum qildi.
"Biz to‘xtovsiz ravishda Ukrainaga chegara o‘tkazish punktlaridan ko‘proq don olib chiqishning qo‘shimcha yo‘llarini topishda, bunga tezkor texnikalarni jalb qilish, shuningdek, ushbu donni vaqtinchalik saqlash masalasida yordam beryapmiz", — degan u.
Prays Rossiyani oziq-ovqat xavfsizligi masalasida pozitsiyasini yumshatishga chaqirgan.
"Rossiya pozitsiyasida o‘zgarish bo‘lmas ekan, biz Ukraina bilan ishlashda davom etamiz hamda Turkiya hukumati va BMT Bosh kotibining muqobil rejalarini qo‘llab-quvvatlaymiz", — deb qo‘shimcha qilgan amaldor.
Avvalroq Vashington Lotin Amerikasi davlatlari bilan global oziq-ovqat tanqisligiga qarshi kurashmoqchi ekanligi to‘g‘risida xabar berilgandi.


