1. Bosh sahifa
  2.  / 
  3. Jahon

AQSH Ukrainaga 1,3 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi

Yangi harbiy yordam tarkibiga kamikadze dronlari, havo mudofaa tizimlari va o‘q-dorilar kiradi

AQSH Ukrainaga 1,3 mlrd dollarlik yangi harbiy yordam paketini ajratdi

 

AQSh Ukrainaga 1,3 milliard dollarlik yangi harbiy yordam paketini tayyorlamoqda, deb yozadi Reuters. Vashingtondagi manbalarga tayanib, agentlikning xabar berishicha, yangi paketga quyidagilar kiradi:

 

  • VAMPIRE havo mudofaa tizimlari;
  • Phoenix Ghost va Switchblade kamikadze dronlari;
  • Avstraliyaning DroneShield dronga qarshi tizimlari, shuningdek radarlar, sensorlar va tahliliy tizimlar;
  • o'q-dorilar.

 

Kiyevga yangi harbiy yordam paketi ajratilishi haqida Vashington yaqin kunlarda e’lon qiladi, deb xabar bermoqda Reuters.

 

Qayd etilishicha, yangi harbiy yordam Ukraina xavfsizligiga ko'maklashish tashabbusi (USAI) orqali amalga oshiriladi, bu Oq uyga qurollarni mavjud zaxiralardan chiqarishdan ko'ra sanoatdan sotib olish imkonini beradi.

Kategoriyalar

Bog'lanish uchun

+998 (71) 207-21-28

Elektron manzil

info@zamon.uz

Shahodatnoma

№1346 Berilgan sana: 28.05.2020

Asoschisi

ООО Master Media Production and Broadcast

Tahririyat manzili

Toshkent sh., Amir Temur shoh ko'chasi, 53 uy

Яндекс.Метрика